Holbuki, Biz ulardan oldin mol va ko`rinish jihatidan yaxshiroq bo`lgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganmiz. Maryam 19:74 ⧉
Tafsir:
Biz ilgari oʻzlarining moddiy ustunligi bilan faxrlanayotgan bu kofirlardan koʻra boylik jihatidan ham, koʻrinishi va farovonligi jihatidan ham zoʻrroq boʻlgan qanchadan-qancha avlodlarni halok qilganmiz.