Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Maryam — Oyat 75 (Oʻzbekcha) — Video

Maryam • Oyat 98 dan 75 • Oʻzbekcha


قُلْ مَنْ كَانَ فِي الضَّلَالَةِ فَلْيَمْدُدْ لَهُ الرَّحْمَٰنُ مَدًّا ۚ حَتَّىٰ إِذَا رَأَوْا مَا يُوعَدُونَ إِمَّا الْعَذَابَ وَإِمَّا السَّاعَةَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ شَرٌّ مَكَانًا وَأَضْعَفُ جُنْدًا 75
Tarjima:
Sen: «Kim zalolatda bo`lsa, Rohman unga muhlat berib qo`ysin. Toki o`zlariga va'da qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni ko`rganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin. Maryam 19:75
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Kim adashib yuraversa, Alloh unga muhlat beradi-da, battar adashaveradi. Bu ish to ularga vada qilingan narsa yo shu dunyoning oʻzidagi azob va yo Qiyomatga olib qoʻyilgan jazo ekanini koʻrib qolgunlariga qadar davom etaveradi. Ana oʻshanda koʻzlari moshdek ochilib, kimning martabasi pastroq, kimning madadkorlari ojizroq ekanini bilib oladilar. Oʻzlarinikimi yoki moʻminlarnikimi?
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Maryam • Oyat 74 Keyingi Maryam • Oyat 76