Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir. Maryam 19:76 ⧉
Tafsir:
Zalolatdagilarning zalolati ortib boravergani muqobilida iymon va toat sari yoʻl topganlarning hidoyati ham ortib boraveradi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringizning nazdida abadiy saodatga eltadigan yaxshi amallar savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham yaxshiroqdir.