Ey, iymon keltirganlar! «Ro'ina» demanglar, «unzurna» denglar va tinglanglar. Va kofirlarga alamli azob bo`lur. Al-Baqarah 2:104 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo moʻminlarni fikrni ifodalashda chiroyli shakl tanlashga yoʻllayapti. Ey moʻminlar, «Roino» demang. Yani, ahvolimizni rioya qilgin. Chunki bu soʻz haqorat manosini ham anglatib, yahudlar Paygʻambar alayhissalomga shu soʻzni aytayotganlarida aynan oʻsha haqorat manosini nazarda tutardilar. Shuning uchun Alloh taolo bu soʻzni ishlatishdan qaytardi va bandalarini uning oʻrniga, aytgan gapingizni tushunib olgunimizcha kutib turing, degan manodagi "unzurna" soʻzini ishlatishga buyurdi. Bu soʻzda ehtiyot boʻlinishi kerak boʻlgan mano yoʻq. Allohga kofir boʻlganlar uchun alamli azob bordir.