Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 105 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 105 • Oʻzbekcha


مَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلَا الْمُشْرِكِينَ أَنْ يُنَزَّلَ عَلَيْكُمْ مِنْ خَيْرٍ مِنْ رَبِّكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ 105
Tarjima:
Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaslar. Va holbuki, Alloh O`z rahmatini kimga xohlasa, o`shanga xos qiladir. Alloh ulug` fazl egasidir. Al-Baqarah 2:105
Tafsir:
Ahli kitob boʻladimi, mushrik boʻladimi, kofirlar sizlarga Parvardigoringiz tarafidan ozmi, koʻpmi, biron yaxshilik nozil qilinishini istamaydilar. Alloh esa paygʻambarlik, vahiy va iymon kabi nematlarini Oʻzi istagan bandasiga ato etadi. Alloh ulugʻ fazl egasidir. Bandalaridan kimga va qanday yaxshilik yetgan boʻlsa, u Allohdandir. Paygʻambar alayhissalomning yuborilishi ham, Quronning nozil qilinishi ham Oʻsha Zotning fazlu karamidandir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 104 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 106