Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 106 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 106 • Oʻzbekcha


مَا نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا ۗ أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 106
Tarjima:
Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unuttirsak, undan yaxshisini yoki unga o`xshashini keltirurmiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi? Al-Baqarah 2:106
Tafsir:
Alloh taolo Qurondan biron oyatning hukmini bekor qilsa yoki biron oyatni olib tashlasa-da, keyin odamlar uni unutib yuborsalar, yaqin yo uzoq kelajakda oʻsha bekor qilingan yo unuttirilgan oyatdan ham yaxshirogʻini yoki xuddi oʻshandek bir oyatni keltirishini bayon qilyapti. Bu ish Allohning ilmi va hikmati bilan boʻladi. Ey Paygʻambar alayhissalom, oʻzingizga malumki, Alloh taolo har ishga qodir, xohlagan ishini qiladigan, istagan hukmini chiqaradigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 105 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 107