Yo`q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar. Al-Baqarah 2:112 ⧉
Tafsir:
Qaysi toifadan boʻlishidin qatiy nazar, Allohga yuzlanib, xolis U Zot uchun amal qiladigan va shu ixlosi bilan birga ibodatini Paygʻambar alayhissalom olib kelgan koʻrsatmalarga toʻla muvofiq tarzda ado etadigan odamlar Jannatga kiradilar. Asosiysi amalining ixlos bilan va Paygʻambar alayhissalomning koʻrsatmalariga muvofiq boʻlishi. Ularning savobi Parvardigorining huzuridadir. Ularni oxiratda hech qanday xavf kutayotgani yoʻq. Ular shu dunyoda erisha olmay qolgan narsalari uchun xafa ham boʻlmaydilar. Bu maqom Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib yuborilganlaridan keyingi musulmonlargagina nasib etdi.