Va ular: «Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmas», – dedilar. Bu ularning xom xayollaridir. Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», – deb ayt. Baqara 2:111 ⧉
Tafsir:
Yahudlar ham, nasorolar ham, jannat faqat bizniki, deyishadi. Yahudlar, jannatga faqat yahudlar kiradi, desalar, nasorolar, jannatga faqat nasorolar kiradi, deydilar. Bu ularning puch, xom xayollaridir. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga raddiya bildirib aytingki, davoyinglarda haq boʻlsangizlar, uni tasdiqlaydigan hujjatinglarni keltiringlar.