Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 115 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 115 • Oʻzbekcha


وَلِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ ۚ فَأَيْنَمَا تُوَلُّوا فَثَمَّ وَجْهُ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 115
Tarjima:
Mashriqu mag`rib Allohnikidir, qayoqqa qarasangiz, Allohning yuzi bor. Albatta, Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. Al-Baqarah 2:115
Tafsir:
Mashriqu magʻrib va ular orasidagi hamma narsa Allohning mulkidir. U bandalarini Oʻzi istagan ishga buyuradi. Qaysi tarafga yuzlansangizlar, oʻsha tarafda Allohni topasizlar. U sizlarni Baytul-maqdis yoki Kaba tarafga yuzlanishga buyursa ham, yoki xato qilib, yoxud imkoni yoʻqligi tufayli qibladan boshqa tarafga yuzlanib qolsangizlar ham ziyoni yoʻq. Chunki taraflarning hammasi Allohniki. U butun xalqini Oʻz rahmati va tavfiqiga burkagandir. Ularning niyatlarini ham, amallarini ham bilib turadigan buyuk Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 114 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 116