Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 128 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 128 • Oʻzbekcha


رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُسْلِمَةً لَكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 128
Tarjima:
«Robbimiz, ikkovimizni O`zingga musulmon bo`lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O`zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko`rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sening O`zing tavbalarni ko`plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan.» Baqara 2:128
Tafsir:
Parvardigoro, bizni amringga boʻysunadiganlardan, Senga hech kimni sherik qilmaydiganlardan qilgin. Zurriyotimizdan ham Oʻzingga taslim boʻladigan avlodni nasib etgin. Bizga qanday ibodat qilish yoʻllarini koʻrsatgin. Toat-ibodatlarimizdagi aybu nuqsonlarimizni kechirgin. Sen bandalaringdan tavbalarini qabul qiladigan, Rahmli Zotsan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 127 Keyingi Baqara • Oyat 129