Ibrohim bilan Ismoil «Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening O`zing eshituvchi, biluvchi Zotsan», deb Baytning poydevorlarini ko`tarayotganini esla. Al-Baqarah 2:127 ⧉
Tafsir:
Eslang, ey Paygʻambar, Ibrohim bilan Ismoil Kaba poydevorini koʻtarayotgan paytida egilib, kamtarlik bilan: "Parvardigoro, bizdan amallarimizni, jumladan, mana shu uyni qurayotganimizni qabul ayla, Sen duolarimizni eshitguvchi va niyatlarimizdan ham, qilayotgan ishlarimizdan ham ogoh Zotsan", degandilar.