Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 126 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 126 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ اجْعَلْ هَٰذَا بَلَدًا آمِنًا وَارْزُقْ أَهْلَهُ مِنَ الثَّمَرَاتِ مَنْ آمَنَ مِنْهُمْ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۖ قَالَ وَمَنْ كَفَرَ فَأُمَتِّعُهُ قَلِيلًا ثُمَّ أَضْطَرُّهُ إِلَىٰ عَذَابِ النَّارِ ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ 126
Tarjima:
Ibrohimning: «Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», deganini esla. U: «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, so`ngra do`zax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» – dedi. Al-Baqarah 2:126
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, eslang! Ibrohim Parvardigoriga duo qilib: "Parvardigoro, Makkani tinch-osuda shahar qilgin, u yerda hech kim yomonlikka yoʻliqmasin, aholisidan Senga va oxirat kuniga iymon keltirganlarini turli xil mevalar bilan rizqlantirgin", deganida Alloh taolo: "Kofir boʻlganlariga ham shu dunyoda oz muddatga rizq beraveraman, oxiratda esa doʻzax azobiga giriftor qilaman, uning qiyomat kunida boradigan joyi naqadar yomon joy", degandi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 125 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 127