Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 125 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 125 • Oʻzbekcha


وَإِذْ جَعَلْنَا الْبَيْتَ مَثَابَةً لِلنَّاسِ وَأَمْنًا وَاتَّخِذُوا مِنْ مَقَامِ إِبْرَاهِيمَ مُصَلًّى ۖ وَعَهِدْنَا إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ أَنْ طَهِّرَا بَيْتِيَ لِلطَّائِفِينَ وَالْعَاكِفِينَ وَالرُّكَّعِ السُّجُودِ 125
Tarjima:
«Uy»ni odamlar uchun masaba va omonlik joyi qilganimizni esla. Va Ibrohimning maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: «Uyimni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, ruku' va sajda qiluvchilar uchun poklab qo`yinglar», deb amr qildik. Al-Baqarah 2:125
Tafsir:
Eslang! Alloh Baytul-haromni odamlar tavof qiladigan maskan qildi. Odamlarning qalblarini unga oshufta qilib qoʻydi. Uni koʻrmagan koʻrguncha, koʻrgan oʻlguncha qoʻmsaydigan boʻlib qoldi. Tinchlik-omonlik maskani boʻldiki, unda tajovuz qilish man qilindi. Odamlarga, Kabani qurayotgan Ibrohim oyogʻi ostidagi toshni namoz uchun bir makon qilib olinglar, dedi. Ibrohim va uning oʻgʻli Ismoilga Baytul-haromni axlatlardan, butlardan tozalab, tavof, etikof va ibodat uchun keladiganlarga tayyorlab qoʻyishni tayinladik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 124 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 126