Va agar ularga, odamlar iymon keltirganidek iymon keltiringlar, deyilsa, «Esi pastlar iymon keltirganidek iymon keltiramizmi?» derlar. Ogoh bo`ling, ular, faqat ular esi pastlardir va lekin o`zlari bilmaslar. Al-Baqarah 2:13 ⧉
Tafsir:
Paygʻambar alayhissalomning sahobalari kabi iymon keltirishga buyurilsalar, uni masxara ohangida rad etib, esi pastlarga oʻxshab iymon keltiraylikmi, deyishadi. Aslida esa ularning oʻzlari esi pastlardir. Lekin buni oʻzlari bilmaydilar.