Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 14 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 14 • Oʻzbekcha


وَإِذَا لَقُوا الَّذِينَ آمَنُوا قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا إِلَىٰ شَيَاطِينِهِمْ قَالُوا إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِئُونَ 14
Tarjima:
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar, shaytonlari bilan xoli qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz, xolos, derlar. Baqara 2:14
Tafsir:
Moʻminlar bilan uchrashganlarida qoʻrqqanlaridan, sizlar iymon keltirayotgan vahiyni rost deb bilamiz, deydilar. Oʻzlarining boshliqlari, rahbarlari bilan xoli qolganlarida esa, biz hali ham sizlar bilanmiz, sizlarning yoʻlingizdamiz, moʻminlarning ustidan kulish, ularni masxara qilish uchun til uchida ularni tasdiqlab qoʻyyapmiz, deydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 13 Keyingi Baqara • Oyat 15