Allohning bo`yog`ini (lozim tuting). Allohning bo`yog`idan chiroyliroq bo`yoq berguvchi kim bor?! Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz. Al-Baqarah 2:138 ⧉
Tafsir:
Zohirda ham, botinda tabiatinglarga mos keladigan Allohning dinini mahkam tutinglar. Allohning dinidan ham goʻzalroq din bormi? Axir u tabiatga muvofiq boʻlsa, foyda keltirsa, zararni daf qilsa. Aytinglar: "Biz yolgʻiz Allohgagina ibodat qilamiz. Unga hech narsani sherik qilmaymiz".