Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 139 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 139 • Oʻzbekcha


قُلْ أَتُحَاجُّونَنَا فِي اللَّهِ وَهُوَ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ وَلَنَا أَعْمَالُنَا وَلَكُمْ أَعْمَالُكُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُخْلِصُونَ 139
Tarjima:
Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning o`z amallarimiz bor, sizning o`z amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz». Baqara 2:139
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob, Allohga va Uning diniga bizdan koʻra sizlar munosibroqmisizlar? Dininglar oldin kelgani va kitobinglar oldin nozil boʻlgani uchunmi? Oldin kelishning hech qanday ahamiyati yoʻq. Zero, Alloh faqat sizlarninggina emas, hammamizning Parvardigorimizdir. Bizga oʻzimizning amallarimiz, sizlarga esa oʻzlaringizniki. Biz qilgan ishlarga sizlar, sizlar qilgan ishlarga esa biz javobgar emasmiz. Hamma oʻz qilmishiga yarasha javob beradi va jazo yoki mukofotini oladi. Biz toat-ibodatni xolis Alloh uchun qilamiz, Unga hech narsani sherik qilmaymiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 138 Keyingi Baqara • Oyat 140