Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida o`lganlarga, ana o`shalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning — barchaning la'nati bo`lgay. Al-Baqarah 2:161 ⧉
Tafsir:
Kufr keltirib, keyin tavba qilmasdan, kofir holida dunyodan oʻtib ketganlarga Allohning, farishtalarning va odamlarning lanati boʻlgay! Allohning lanati Oʻz rahmatidan quvish boʻlsa, farishtalar va odamlarning lanati Allohning rahmatidan quvilsin, daf boʻlsin, deya duoyibad qilishlaridir.