Magar tavba qilib, ahli solih bo`lib, bayon qilganlarning, ana o`shalarning tavbasini qabul qilurman. Va Men tavbalarni ko`plab qabul qiluvchi va rahimlidirman. Baqara 2:160 ⧉
Tafsir:
Ochiq oyatlarni yashirganidan pushaymon boʻlib, oʻzlarining zohiriy va botiniy ishlarini isloh qilgan, oʻzlari yashirgan haqiqat va hidoyatni bayon qilgan kishilar bundan mustasno. Ularning Men sari, Menga itoat qilish sari qaytganlarini qabul qilaman. Men tavba qiluvchining tavbasini qabul qiladigan, bandalariga Rahmli Zotman.