Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 174 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 174 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُولَٰئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلَّا النَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 174
Tarjima:
Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana o`shalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor. Baqara 2:174
Tafsir:
Alloh nozil qilgan kitoblarni va ulardagi Muhammad alayhissalomning haqiqiy paygʻambar ekanini isbotlovchi hujjatlarni yashirgan va uni lavozim, obroʻ va mol-davlat kabi arzimas chaqaga sotgan yahud va nasorolarning qorinlaridagi yeganlari oʻt boʻladi, olov boʻladi. Yani, qorinlariga oʻt bilan, olov bilan azoblanishga sabab boʻladigan narsalarni yeydilar. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi, yani, ularga yoqadigan tarzda gaplashmaydi, balki, holini abgor qiladigan tarzda gaplashadi. Ular haqida yaxshi gap aytmaydi, ularni oqlamaydi. Ular uchun alamli azob bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 173 Keyingi Baqara • Oyat 175