Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 173 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 173 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللَّهِ ۖ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 173
Tarjima:
Albatta, U zot sizlarga faqat o`limtikni, qonni, cho`chqaning go`shtini va Allohdan boshqaga so`yilganni harom qildi. Kimki majbur bo`lsa-yu, zulm qilmay, haddan oshmay (esa), unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir. Baqara 2:173
Tafsir:
Alloh taolo oziq-ovqatlardan noshariy va Allohdan boshqaning nomiga atab soʻyilgan hayvon goʻshtini, toʻngʻiz goʻshtini va oqqan qonni harom qildi. Endi kim majbur boʻlib qolsa, zarurat boʻlmasa yemasligi, zarurat boʻlib qolganda esa haddini bilib yeyishi sharti bilan unga gunoh yoʻq. Alloh tavba qilgan bandalarini kechiradigan Rahmli Zot. Majbur boʻlganidan harom luqmani yegan bandasini kechirishi rahmatining bir koʻrinishidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 172 Keyingi Baqara • Oyat 174