Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan bo`lsalaringiz. Baqara 2:172 ⧉
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, Alloh sizlarga halol qilib bergan pokiza rizqlardan yenglar va bu nematlar uchun zohirda ham, botinda ham Allohga shukr qilinglar. Buyrugʻini bajarib, taqiqidan tiyilish shukr qilishning bir koʻrinishidir. Agar haqiqatan Allohgagina ibodat qilib, Unga hech narsani shirk keltirmayotgan boʻlsanglar, shukrni kanda qilmanglar.