Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting. Agar ushlanib qolsangiz, muyassar bo`lganicha qurbonlik qiling. Qurbonlik o`z joyiga yetmaguncha, sochingizni oldirmang. Sizdan kim bemor bo`lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo`lsa, ro`za tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik so`yish ila to`lov to`lasin. Agar tinch bo`lsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan bo`lsa, muyassar bo`lgan qurbonlikni qilsin. Kim topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda — hammasi o`n kun to`liq ro`za tutsin. Bu ahli Masjidul Haromda yashamaydiganlar uchundir. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
Al-Baqarah 2:196 ⧉