Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 197 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 197 • Oʻzbekcha


الْحَجُّ أَشْهُرٌ مَعْلُومَاتٌ ۚ فَمَنْ فَرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَيْرٍ يَعْلَمْهُ اللَّهُ ۗ وَتَزَوَّدُوا فَإِنَّ خَيْرَ الزَّادِ التَّقْوَىٰ ۚ وَاتَّقُونِ يَا أُولِي الْأَلْبَابِ 197
Tarjima:
Haj ma'lum oylardir. Kimki ularda o`ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo`qdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari! Al-Baqarah 2:197
Tafsir:
Haj mavsumi malum oylardir. Shavvol, Zul-qada va Zul-hijja oyining oʻn kuni. Kim shu oylarda oʻziga hajni farz qilib, ehrom bogʻlasa, unga ayoliga qoʻshilish va qoʻshilishga olib boradigan ishlarni qilish harom boʻladi. Zamon va makonning ulugʻligi bois bu mavsumda Alloh taologa itoatsizlik qilish oʻta ogʻir gunohdir. Unga gʻazab va xusumatga olib boradigan darajadagi talashib-tortishish ham harom qilingan. Nima yaxshilik qilsanglar, Alloh uni bilib turadi va oʻshanga yarasha mukofotlaydi. Hajni ado etish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqatlarni tayyorlab, yoʻlga hozirlik koʻringlar. Bilinglarki, eng yaxshi ozuqa Allohdan taqvo qilishdir. Bas, ey aql egalari, Mendan taqvo qilib, buyruqlarimni bajaringlar va taqiqlarimdan tiyilinglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 196 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 198