Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 198 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 198 • Oʻzbekcha


لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَبْتَغُوا فَضْلًا مِنْ رَبِّكُمْ ۚ فَإِذَا أَفَضْتُمْ مِنْ عَرَفَاتٍ فَاذْكُرُوا اللَّهَ عِنْدَ الْمَشْعَرِ الْحَرَامِ ۖ وَاذْكُرُوهُ كَمَا هَدَاكُمْ وَإِنْ كُنْتُمْ مِنْ قَبْلِهِ لَمِنَ الضَّالِّينَ 198
Tarjima:
Sizga o`z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo`qdir. Arafotdan qaytib tushganingizda, Allohni Mash'arul Haromda zikr qiling. Ilgari adashganlardan bo`lsangiz ham, sizni hidoyatga boshlagani uchun Uni zikr qiling. Al-Baqarah 2:198
Tafsir:
Haj mavsumida tijorat yoki boshqa yoʻl bilan rizq talabida tirikchilik qilsanglar, gunoh yoʻq. Zul-hijjaning toʻqqizinchi kuni Arafotda turib, oʻninchiga oʻtar kechada Muzdalifaga qarab tusha boshlaysizlar. Muzdalifadagi Masharul-Haromda tasbeh, tahlil va duolar bilan Allohni zikr qilinglar. Ilgari Allohning shariatidan bexabar boʻlganinglarni, keyin esa Parvardigorning Oʻzi sizlarga diniga oid talimotlarni bergani va haj ibodatlarini oʻrgatganini eslanglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 197 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 199