So`ngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir. Al-Baqarah 2:199 ⧉
Tafsir:
Arafotdan oldingilar, yani, johiliyatdagilar emas, Ibrohim alayhissalom davridagilar tushib kelgan tarafdan tushinglar. Allohning shariatini ado qilishdagi aybu nuqsoninglar uchun U Zotdan magʻfirat qilishini soʻranglar. Alloh bandalaridan tavba qiluvchilarini Kechirguvchi, Mehribondir.