Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba'zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yo`qdir. Al-Baqarah 2:200 ⧉
Tafsir:
Haj amallarini nihoyasiga yetkazib, boʻshab qolganinglarda Allohni koʻp eslanglar, Unga sano va maqtov aytinglar. Sanoni xuddi ota-bobolaringdan faxrlanib, ularni maqtaganlaringdek, balki undan-da oʻtkazib aytinglar. Chunki sizlardagi har bir nemat Oʻsha Zotdandir. Odamlar esa har xil. Kimdir faqat shu dunyoga ishonadigan kofir, mushrik boʻlib, Robbisidan sogʻlik, mol-dunyo va farzand kabi shu dunyoning nemati va ziynatinigina soʻraydi. Bundaylarga oxiratda Alloh moʻminlarga tayyorlab qoʻygan nematlardan nasiba yoʻq. Chunki ular oxiratdan yuz oʻgirib, dunyoga mukkalaridan ketdilar.