Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 20 • Oʻzbekcha


يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ أَبْصَارَهُمْ ۖ كُلَّمَا أَضَاءَ لَهُمْ مَشَوْا فِيهِ وَإِذَا أَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَأَبْصَارِهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 20
Tarjima:
Chaqmoq ularning ko`zini olib qo`yay deydi. Yorishgan paytda yurishar, qorong`i bo`lsa, to`xtashar. Agar Alloh xohlasa, ularning ko`zu quloqlarini ketkazur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. Al-Baqarah 2:20
Tafsir:
Yashin nurining oʻtkirligi bilan ularning koʻzlarini olib qoʻyay deydi. U atrofni yoritganida yurib oladilar, oʻchganida esa turgan joylarida qimirlamasdan qotib qoladilar. Agar Alloh xohlasa, haqiqatdan yuz oʻgirganlari tufayli ularning koʻzu quloqlarini Oʻzining cheksiz qudrati ila batamom yoʻq qilib yuborishi ham mumkin. Yomgʻir Quronga, momaqaldiroq ovozi undagi taqiqlaru ogohlantirishlarga, chaqmoqning chaqishi gohida bir haqiqatning yalt etib koʻrinishiga, quloqlarni barmoqlar bilan toʻsish esa haqdan yuz oʻgirib, unga quloq solmaslikka oʻxshatilyapti. Munofiqlar bilan bu ikki masaldagilarning oʻxshashlik jihati foydalana bilmaslikdir. Oʻtga oid masalda olgan foydalari qorongʻulik va kuyish boʻldi, xolos. Suvga oid masalda esa qoʻrquv va bezovtalik boʻldi. Munofiqlar ham xuddi shunday. Ularga Islom faqat qiyinchilik va ogʻir yuk boʻlib koʻrinadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 19 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 21