Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 216 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 216 • Oʻzbekcha


كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌ لَكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَنْ تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ 216
Tarjima:
Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo`lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo`lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz. Al-Baqarah 2:216
Tafsir:
Ey moʻminlar, sizlarga Alloh yoʻlida jang qilish farz qilindi. Inson tabiatan urushni yoqtirmaydi. Chunki urushda mol va jon qurbon boʻladi. Lekin sizlar yomon koʻrgan narsa sizlar uchun yaxshilik boʻlishi mumkin. Masalan, Alloh yoʻlida jang qilish sizlarga yoqmasligi mumkin. Ammo bu ishda ulugʻ savobga ega boʻlish, dushmanlar ustidan gʻalaba qozonish, Alloh soʻzini yuksaltirish kabi behisob foydalar bor. Sizlar yaxshi koʻrgan narsa esa sizlar uchun yomon boʻlishi mumkin. Masalan, jangda qatnashmaslik sizlarga yoqishi mumkin. Ammo bu ishda sharmandalik, dushmanlarga qaram boʻlish kabi xorliklar bor. Nima yaxshiyu nima yomonligini Alloh biladi. Sizlar esa bilmaysizlar. Shunday ekan, Allohning buyrugʻiga boʻysuninglar. Zotan, sizlar uchun yaxshilik shu ishdadir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 215 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 217