Va agar bandamizga tushirgan narsamizga shakingiz bo`lsa, unga o`xshash bir sura keltiring va rost so`zlovchilardan bo`lsangiz, Allohdan o`zga guvohlaringizni chaqiring. Al-Baqarah 2:23 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, bandamiz Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Quronga shak-shubha qilayotgan boʻlsangiz, sizlarni bellashuvga chorlaymiz. Unga oʻxshagan birgina surani yozinglar-chi, eng qisqasi boʻlsa ham mayli. Qilayotgan davoyinglar rost boʻlsa, qoʻlingizdan kelgancha yordamchilaringizni chaqiraveringlar.