Bas, agar qila olmasanglar, hech qachon qila olmaysizlar ham, yoqilg`isi odamlar va tosh bo`lgan, kofirlar uchun tayyorlangan o`tdan qo`rqinglar. Al-Baqarah 2:24 ⧉
Tafsir:
Bu ish qoʻlingizdan kelmasa, kelmaydi ham, azobga loyiq boʻlgan odamlarni ham, sizlar mabud qilib olganlari boʻladimi, boshqasi boʻladimi, turli xil toshlarni ham kuydiradigan oʻtdan qoʻrqinglar. Bu oʻtni - doʻzaxni Alloh kofirlar uchun tayyorlab qoʻygan.