Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 233 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 233 • Oʻzbekcha


وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَادَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَنْ يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ ۚ وَعَلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفْسٌ إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَا تُضَارَّ وَالِدَةٌ بِوَلَدِهَا وَلَا مَوْلُودٌ لَهُ بِوَلَدِهِ ۚ وَعَلَى الْوَارِثِ مِثْلُ ذَٰلِكَ ۗ فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَنْ تَرَاضٍ مِنْهُمَا وَتَشَاوُرٍ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا ۗ وَإِنْ أَرَدْتُمْ أَنْ تَسْتَرْضِعُوا أَوْلَادَكُمْ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِذَا سَلَّمْتُمْ مَا آتَيْتُمْ بِالْمَعْرُوفِ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 233
Tarjima:
Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni to`liq ikki yil emizurlar. Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif bo`lmas. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin. Merosxo`rga ham xuddi shundoq. Agar o`zaro rozi bo`lib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh bo`lmas. Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh bo`lmas. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta ko`rib turuvchidir. Baqara 2:233
Tafsir:
Onalar bolalarini toʻla ikki yil emizadilar. Bu hukm emizish muddatini toʻla qilmoqchi boʻlganlar uchun. Taloq qilingan emizikli ayolning nafaqasi, uni yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir. Alloh hech kimga toqatidan, imkonidan, quvvatidan ortigʻini yuklamaydi. Ota va ona bolani vosita qilib bir-birlariga zarar berishlari mumkin emas. Ota yoʻq boʻlsa, ayolning taminoti bolaning merosxoʻriga oʻtadi. Agar ota-ona oʻzaro kelishib, maslahatlashib, bolaning manfaatini koʻzlab, ikki yil muddatdan oldin bolani sutdan chiqarmoqchi boʻlsalar, ularga gunoh boʻlmaydi. Agar bolalaringizga onasidan boshqa emizuvchi enaga yollamoqchi boʻlsangiz, unga kelishilgan haqni yaxshilik bilan muddatini oʻtkazib yubormasdan toʻla-toʻkis toʻlab tursangiz, gunohkor boʻlmaysiz. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar. Bilinglarki, Alloh hamma qilgan ishlaringizni koʻrib-bilib turadi. Hech narsa Undan yashirin qolmaydi. Yaqinda qilgan ishlaringizga qarab jazo yoki mukofotlaringizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 232 Keyingi Baqara • Oyat 234