Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 234 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 234 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا ۖ فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِي أَنْفُسِهِنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 234
Tarjima:
Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari o`zlaricha to`rt oyu o`n kun kutarlar. Muddatlari yetganda o`zlari haqida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir. Baqara 2:234
Tafsir:
Kimlardir vafot etib, ortidan homilador boʻlmagan ayollari qolsa, toʻrt oyu oʻn kun erning uyidan chiqmasdan, pardoz qilmasdan, boshqa erga tegmasdan turadilar. Muddat tugaganidan keyin mazkur man qilingan ishlardan shariat va urf-odatga zid boʻlmagan tarzda qilsalar, valiylariga gunoh boʻlmaydi. Alloh hamma qilayotgan ishlaringizdan xabardor. Zohirda boʻlsin, botinda boʻlsin, hech narsa U Zotdan yashirin emas. Yaqinda qilgan amallaringizga qarab jazo yoki mukofotinglarni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 233 Keyingi Baqara • Oyat 235