Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qo`li bilan bir ho`plam ho`plasa, mayli», dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan o`tganlarida, ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yo`q», dedilar. Allohga ro`baro` bo`lishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko`p sonli guruhlarga g`olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar.
Al-Baqarah 2:249 ⧉