Jolut va uning askarlariga ro`baro` kelganlarida: «Robbimiz, bizga sabr to`kkin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin», – dedilar. Al-Baqarah 2:250 ⧉
Tafsir:
Jolut va uning lashkariga roʻbaroʻ kelganlarida Allohga yuzlanib, shunday duo qildilar: «Parvardigoro, qalblarimizga sabru toqat yogʻdir, qadamlarimizni sobit qilki, aslo dushmandan chekinmaylik, va Oʻz qudrating va qoʻlloving ila bizni bu kofir qavm ustidan gʻolib qil!»