Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 253 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 253 • Oʻzbekcha


تِلْكَ الرُّسُلُ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۘ مِنْهُمْ مَنْ كَلَّمَ اللَّهُ ۖ وَرَفَعَ بَعْضَهُمْ دَرَجَاتٍ ۚ وَآتَيْنَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ الْبَيِّنَاتِ وَأَيَّدْنَاهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ ۗ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا اقْتَتَلَ الَّذِينَ مِنْ بَعْدِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ وَلَٰكِنِ اخْتَلَفُوا فَمِنْهُمْ مَنْ آمَنَ وَمِنْهُمْ مَنْ كَفَرَ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا اقْتَتَلُوا وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ 253
Tarjima:
Bular Payg`ambarlar. Ularning ba'zilarini ba'zilaridan fazllik qildik. Ulardan Alloh gaplashgani bor va ba'zilarining darajasini ko`targan. Va Iyso ibn Maryamga oydin(mo`'jiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qo`lladik. Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar o`zlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan so`ng urushmas edilar. Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi. Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani iroda qilsa, shuni qiladi. Al-Baqarah 2:253
Tafsir:
Yuqorida sizga aytib oʻtganimiz paygʻambarlarning ayrimlarini ayrimlaridan vahiy, tobelar va darajalar jihatidan afzal qildik. Masalan, ulardan Muso alayhissalom bilan Alloh gaplashdi. Muhammad alayhissalomni esa oliy darajalarga koʻtardi. Zero, U Zot butun insoniyatga yuborildi. U Zotning risolati bilan paygʻambarlik nihoyasiga yetdi. U Zotning ummati boshqa ummatlardan afzal qilindi. Maryam oʻgʻli Iysoga oʻliklarni tiriltirish, pes va moxovlarni davolash kabi paygʻambarligiga dalolat qiladigan ochiq-ravshan moʻjizalarni berdik va uni Allohning farmonini bajarishda Jabroil alayhissalom bilan qoʻllab-quvvatladik. Alloh xohlaganida paygʻambarlardan keyin kelganlar bu qadar ochiq-ravshan oyat-alomatlar kelganidan keyin urushmagan boʻlardilar. Lekin ular ixtilof qilib, boʻlinib ketdilar. Bir qismi Allohga iymon keltirsa, boshqasi kufr keltirdi. Alloh xohlaganida urushmagan boʻlardilar. Lekin Alloh Oʻzi istagan ishini qiladi. Istagan bandasini Oʻz fazli va marhamati bilan Islomga hidoyatlab qoʻyadi. Istagan odamini Oʻz adli va hikmati bilan adashtirib qoʻyadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 252 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 254