Alloh podshohlik berib qo`ygani sababidan Ibrohim bilan Robbisi haqida hujjat talashganni bilmadingmi? Ibrohim: «Mening Robbim tiriltiradi va o`ldiradi», deganda, u: «Men tiriltiraman va o`ldiraman», – dedi. Ibrohim: «Albatta, Alloh quyoshni Mashriqdan chiqarur, bas, sen uni Mag`ribdan chiqarging-chi», – dedi. Bas, kufr keltirgan lol qoldi. Va, Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
Al-Baqarah 2:258 ⧉