Yoki shiftlari ustiga qulagan qishloqdan o`tgan kishiga o`xshashni ko`rmadingmi? U: «Alloh buni o`limdan keyin qanday tiriltirur?» – dedi. Bas, Alloh uni yuz yil o`ldirdi, so`ngra, qayta tiriltirdi. «Qancha yotding?» – dedi. U: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha yotdim», – dedi. «Balki, yuz yil yotding, taomingga va sharobingga nazar sol, o`zgargani yo`q va eshagingga ham qara. Seni odamlarga ibrat qilish uchun shunday qildik. Va suyaklarga nazar sol, ularni qandoq harakatga solamiz va ularga qandoq go`sht kiygizamiz», – dedi. Unga ravshan bo`lganda: «Albatta, Alloh har bir narsaga qodirligini bildim», – dedi.
Al-Baqarah 2:259 ⧉