Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga o`xshab, bekorga ketkazmang. U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga o`xshaydir. Bas, kuchli yomg`ir yog`sa, silliq bo`lib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir bo`lmaslar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas.
Al-Baqarah 2:264 ⧉