Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 265 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 265 • Oʻzbekcha


وَمَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ وَتَثْبِيتًا مِنْ أَنْفُسِهِمْ كَمَثَلِ جَنَّةٍ بِرَبْوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌ فَآتَتْ أُكُلَهَا ضِعْفَيْنِ فَإِنْ لَمْ يُصِبْهَا وَابِلٌ فَطَلٌّ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 265
Tarjima:
Mollarini Allohning roziligini istab, o`zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa o`xshaydir. Unga qattiq yomg`ir yog`sa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomg`ir yog`masa, maydalab yoqqani ham bo`laveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni ko`rib turuvchi Zotdir. Al-Baqarah 2:265
Tafsir:
Mollarini Allohning rizoligini istab va Allohning vadasiga aniq ishonib, sidqidildan sarflaydigan moʻminlar misoli xuddi baland hosildor joydagi boʻstonga oʻxshaydi. Unga sharros yomgʻir quysa, hosili moʻl boʻladi. Savalab quyadigan yomgʻir boʻlmasa, sevalab yoqqan yomgʻir ham yeri unumdor boʻlgani uchun kifoya qilaveradi. Ixlos bilan sarflaydigan kishilarning infoq-ehsonlarini ham Alloh qabul qilib, oʻzi oz boʻlsa-da, ajrini moʻl qilib beradi. Alloh sizlarning qilayotgan ishlaringizni koʻrib-bilib turadi. Kim ixlos bilan qilyapti, kim riyo uchun qilyapti, hammasidan xabardor, biron ish U Zotdan yashirin qolmaydi va yaqinda hammaga qilgan ishiga yarasha jazo yoki mukofotini beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 264 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 266