Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 266 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 266 • Oʻzbekcha


أَيَوَدُّ أَحَدُكُمْ أَنْ تَكُونَ لَهُ جَنَّةٌ مِنْ نَخِيلٍ وَأَعْنَابٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ لَهُ فِيهَا مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ وَأَصَابَهُ الْكِبَرُ وَلَهُ ذُرِّيَّةٌ ضُعَفَاءُ فَأَصَابَهَا إِعْصَارٌ فِيهِ نَارٌ فَاحْتَرَقَتْ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ 266
Tarjima:
Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bog`i bo`laturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga o`tli bo`ron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa O`z oyatlarini bayon qilur, shoyadki, fikr yuritsangiz. Al-Baqarah 2:266
Tafsir:
Birontangiz ostidan daryolar oqib turadigan, xurmoyu uzumlari pishib turgan, turli xil mevalarga boy bogʻi boʻlib, keksayib hech ish qoʻlidan kelmaydigan paytida oʻzidek nimjon, zaif bolalari bilan qolganida bogʻini oʻtli boʻron urib, hammasi yonib, kultepaga aylanishini istaydimi?! Notavon oʻzi va nimjon bolalari eng muhtoj boʻlib turgan bir paytida-ya?! Molini riyokorlik bilan sarflaydigan odamning ahvoli mana shunday boʻladi. Qiyomat kunida - mazkur qariyadek bir savobga eng muhtoj boʻlib turgan bir paytida Alloh taologa quruq qoʻl bilan yoʻliqadi. Alloh sizlarga dunyo va oxiratingiz uchun foydali boʻlgan oyatlarini mana shunday bayon qiladi. Shoyadki, fikr yuritsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 265 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 267