Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 187)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon! (187)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Alloh ahli kitob - yahud va nasorolarning olimlaridan, Allohning kitobini odamlarga haq bilan bayon qilasizlar, uning ichidagi hidoyatni va Muhammad alayhissalomning paygʻambarligi haqidagi xabarni yashirmaysizlar, deb ahdu paymon olgan edi. Ular esa bu ahdu paymonni nazar-pisand qilmasdan, ortlariga otdilar, haqiqatni yashirib, botilni haq qilib koʻrsatdilar, Allohga bergan ahdlarini mol-davlat va obroʻ kabi arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari naqadar yomon!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: