Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 187 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 187 • Oʻzbekcha


وَإِذْ أَخَذَ اللَّهُ مِيثَاقَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ لَتُبَيِّنُنَّهُ لِلنَّاسِ وَلَا تَكْتُمُونَهُ فَنَبَذُوهُ وَرَاءَ ظُهُورِهِمْ وَاشْتَرَوْا بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۖ فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ 187
Tarjima:
Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon! Oli Imron 3:187
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Alloh ahli kitob - yahud va nasorolarning olimlaridan, Allohning kitobini odamlarga haq bilan bayon qilasizlar, uning ichidagi hidoyatni va Muhammad alayhissalomning paygʻambarligi haqidagi xabarni yashirmaysizlar, deb ahdu paymon olgan edi. Ular esa bu ahdu paymonni nazar-pisand qilmasdan, ortlariga otdilar, haqiqatni yashirib, botilni haq qilib koʻrsatdilar, Allohga bergan ahdlarini mol-davlat va obroʻ kabi arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari naqadar yomon!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 186 Keyingi Oli Imron • Oyat 188