Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 186 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 186 • Oʻzbekcha


لَتُبْلَوُنَّ فِي أَمْوَالِكُمْ وَأَنْفُسِكُمْ وَلَتَسْمَعُنَّ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِكُمْ وَمِنَ الَّذِينَ أَشْرَكُوا أَذًى كَثِيرًا ۚ وَإِنْ تَصْبِرُوا وَتَتَّقُوا فَإِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ 186
Tarjima:
Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko`plab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir. Oli Imron 3:186
Tafsir:
Ey moʻminlar, molu davlatingiz borasida unga oid vojiblarni bajarish va musibatlar yetishi bilan sinalasizlar. Joningiz borasida esa shariat talablarini bajarish va ustingizga tushadigan turli baloyu ofatlar bilan imtihon qilinasizlar. Sizlardan oldingi kitob berilganlardan ham, shirk keltirganlardan ham oʻzingizga va diningizga tanayu dashnomlar otish kabi koʻp ozorlarga uchraysizlar. Bu baloyu musibatlarga sabr qilib, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilsangizlar, bu ishingiz orzu-havas qilishga, unga yetish yoʻlida bellashishga arziydigan ish boʻladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 185 Keyingi Oli Imron • Oyat 187