Har bir jon o`limni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to`lig`icha olursiz. Kim do`zaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti g`urur matohidan o`zga narsa emas. Ali 'Imran 3:185 ⧉
Tafsir:
Har bir jon qanday boʻlishidan qati nazar, oʻlim sharbatidan tatimay iloji yoʻq. Shunday ekan, banda bu dunyoga aldanib qolmasin. Qiyomat kunida ajru savobingizni toʻla qilib olasiz. Zarracha kamaytirilmaydi. Alloh kimni doʻzaxdan chetlatib, jannatga kiritsa, demak, u umid qilayotgani yaxshilikka erishibdi va xavfsirayotgani yomonlikdan najot topibdi. Dunyo hayoti bir zumda oʻtib ketadigan aldamchi matodan boshqa narsa emas. Unga aldanganlargina bogʻlanib qoladilar.