Agar seni yolg`onchi qilsalar, sendan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Payg`ambarlarni ham yolg`onchi qilganlar. Oli Imron 3:184 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizni yolgʻonchiga chiqarayotgan boʻlsalar, aslo xafa boʻlmang. Bu kofirlarning odati. Sizdan oldingi dalillar, hujjatlar va nasihatlaru koʻrsatmalarga toʻla bitiklarni hamda shariatlaru hukmlarni oʻzida mujassam etgan ilohiy Kitobni olib kelgan paygʻambarlar ham yolgʻonchiga chiqarilganlar.