Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 183 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 183 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ قَالُوا إِنَّ اللَّهَ عَهِدَ إِلَيْنَا أَلَّا نُؤْمِنَ لِرَسُولٍ حَتَّىٰ يَأْتِيَنَا بِقُرْبَانٍ تَأْكُلُهُ النَّارُ ۗ قُلْ قَدْ جَاءَكُمْ رُسُلٌ مِنْ قَبْلِي بِالْبَيِّنَاتِ وَبِالَّذِي قُلْتُمْ فَلِمَ قَتَلْتُمُوهُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 183
Tarjima:
«Albatta, Alloh bizdan o`tda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Payg`ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Payg`ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, nimaga ularni o`ldirdingiz?» deb ayt. Ali 'Imran 3:183
Tafsir:
Ular yolgʻon soʻzlab, boʻhton qilib, shunday deydilar: "Alloh bizga Oʻzining kitoblarida va paygʻambarlari orqali biron paygʻambarga to u oʻzining haqligiga bir hujjat keltirmagunicha, yani, uning Allohga atab qilgan sadaqasini samodan bir oʻt tushib, yondirib yubormagunicha iymon keltirmaslikni buyurgan". Alloh shunday buyurgan deyishlari va paygʻambarlarga ishonishni aynan shu ishga bogʻlab qoʻyishlari yolgʻon va boʻhtondir. Shuning uchun Alloh paygʻambari Muhammad alayhissalomga shunday deyishni buyurdi: "Mendan oldingi paygʻambarlar oʻzlarining haq ekanliklariga ochiq hujjatlarni ham, sizlar aytayotgan samodan oʻt tushib, yondirib yuboradigan qurbonlikni ham keltirgan edilar-ku. Xoʻsh, qani, gaplaringiz rost boʻlsa, aytinglar-chi, nima uchun ularni yolgʻonchiga chiqardinglar va oʻldirdinglar?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 182 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 184