Ular Allohning ahdini bog`langanidan so`ng buzadigan, Alloh bog`lanishga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan zotlardir. Ana o`shalar yutqazuvchilardir. Al-Baqarah 2:27 ⧉
Tafsir:
Alloh ulardan Oʻzigagina ibodat qilish hamda oldingi paygʻambarlar tarafidan xabari berilgan Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga tobe boʻlish haqida ahd olgandi. Ular shu ahdni buzdilar, Alloh bogʻlanishni buyurgan aqrabolik rishtalarini uzdilar va gunohlardan tiyilmay yer yuzida buzgʻunchilik qildilar. Endi bunday kimsalarning dunyo va oxiratdagi nasibalari kemtikdir.