Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, so`ngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar. Baqara 2:28 ⧉
Tafsir:
Ey kofirlar, qilayotgan ishlaringiz juda qiziq-ku! Allohni qanday inkor qilasizlar? Axir U Zotning qudratini oʻz jisminglarda koʻrib turibsizlar-ku! Yoʻq edinglar. Sizlarni yoʻqdan bor qildi, tananglarga jon kiritdi. Keyin u jonni yana oladi. Keyin sizlarni qayta tiriltiradi. Keyin U Zotga qaytasizlar va qilgan amallaringizning hisobini berasizlar.