Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 284 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 284 • Oʻzbekcha


لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَإِنْ تُبْدُوا مَا فِي أَنْفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُمْ بِهِ اللَّهُ ۖ فَيَغْفِرُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيُعَذِّبُ مَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 284
Tarjima:
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir. Va kimni xohlasa, mag`firat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir. Al-Baqarah 2:284
Tafsir:
Osmonlaru yerdagi hamma narsa Allohning xalqi, Allohning mulki, Allohning tadbiridir. Qalblaringizdagi narsani oshkor qilasizlarmi yo yashirasizlarmi, hammasini Alloh koʻrib-bilib turibdi va yaqinda oʻshanga yarasha hisob-kitob qiladi. Shundan keyin Oʻzi istagan bandasini fazlu marhamat koʻrsatib kechirib yuboradi, istagan bandasini adlu hikmatini namoyon qilib azoblaydi. Alloh har ishga Qodir Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 283 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 285